Markaziy Kengash raisining birinchi o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- yosh tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, fermerlar bilan ishlash, bandlikka ko’maklashish, ish o’rinlari yaratish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash masalalariga umumiy rahbarlik qiladi.
Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul:
Markaziy Kengash raisining Moliya-iqtisod masalalari bo’yicha o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- Ittifoqning moliya-iqtisod faoliyatini yo’lga qo’yish, muvofiqlashtirish, moliyaviy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbol rejalarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, Markaziy Kengash byudjetini moliyalashtirishning qo’shimcha imkoniyatlarini izlab topish, Ittifoq Ustavida belgilangan moliyaviy manbalardan mablag’larni jalb qilish ishlariga umumiy rahbarlik qiladi.
Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul:
Markaziy Kengash raisi o’rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:
boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyati, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan yoshlarni birlashtirish, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi, yoshlarni sportga jalb etish va uni ommalashtirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi.
Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul:
- Ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash bo’limi;
- Boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi;