Eng faol kitobxonlar aniqlandi
Ajdodlarimizning merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovi 3 yosh toifasida (10-14 yosh, 15-19 yosh, 20-30 yosh) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Nurobod tuman Kengashida ham tashkil etildi.

Ushbu tanlovda tengdoshlari ichida eng yuqori ball to‘plagan 10-14 yosh toifasida Zuhriddin Ismoilov, 15-19 yosh toifasida Rushana Abdurashidova, 20-30 yosh toifasida Iroda Ernazarova tumanda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.

“Yosh kitobxon” tanlovi tuman bosqichi g‘oliblari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Nurobod tuman Kengashi tomonidan diplom, planshet, telefon va kitoblar to‘plami kabi sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

- Qo'shildi: 09.08.2018
- Ko'rishlar: 36
- Chop etish