Konsepsiya loyihasi umumxalq muhokamasida!
Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini bu sohaga keng jalb etish, O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy ongi va dunyoqarashi, fuqarolik pozitsiyalarini vatanparvarlik asosida kamol toptirish maqsadida Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
Shu munosabat bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi loyihasi xususidagi fikr, mulohaza, taklif va istaklaringizni shu yilning 15-dekabr kuniga qadar quyidagi manzillarga yuborishingiz so‘raladi:
1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyati, Elektron manzillar: info@yi.uz, faxinter@mail.ru
2. Mudofaa vazirligi elektron manzili: vatan@evo.uz, mv-vatan@mail.ru.
- Qo'shildi: 09.12.2017
- Ko'rishlar: 18
- Chop etish