Samarqandda “Ko‘chma kutubxona” loyihasi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Ko‘chma kutubxona” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Markaziy harbiy okrugdagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar bilan “Ko‘chma kutubxonalar – Bibliobuslar” faoliyatini takomillashtirish borasida “Ko‘chma kutubxona aksiyasi” tashkil etildi.

Harbiylarning kitobga qanchalik oshno ekanliklarini aniqlash maqsadida tadbir savol-javob ko‘rinishida o‘tkazildi. Harbiy qismlarda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilarga buyuk allomalarimiz, o‘zbek va jahon adiblari, shoirlarning ijodi bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq javoblar olindi.

Bunday yuqori natija, albatta, harbiylarning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham sog‘lom bo‘lishi kerakligini isbotladi.

Aksiya so‘ngida kitobga mehri baland kitobxon harbiy xizmatchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, 8-avgust kuni Urgut tumanida ham “Ko‘chma kutubxona” loyihasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur loyihada siz ham ishtirok eting va eng nodir kitoblar jamlanmasiga ega bo‘ling!!!