Sherobodlik 10 nafar qizlarga tikuv mashinasi sovg‘a qilindi
O‘zbek ayollarining eng yaxshi hunarlaridan biri – bu tikuvchilik. Eng asosiysi, bu hunar yaxshigina daromad manbai hamdir. Bir dona tikuv mashinasi oila budjetiga yaxshigina foyda olib keladi.
Bugun Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 10 nafar oila ana shunday daromadli uskunaga ega bo‘lishdi. Gap shundaki, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sherobod tuman Kengashi tashabbusi bilan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida tumandagi jismoniy imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan, tikuv mashinasi so‘rab murojaat qilgan 10 nafar yoshning istagini amalga oshirdi.
.jpg)
Zamonaviy rusumdagi tikuv mashinasini o‘z egalariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Ohun Umarov hamda tuman mas’ul xodimlari birgalikda topshirishdi.
– Bir necha kun oldin uyimizga kelishgandi. Tikuv mashinasi zarurligini, tikuvchilik qilib, uyimizga foyda keltirishni istashimni aytdim. Hech qancha vaqt o‘tmay uyimizga tikuv mashinasini olib kelishdi. Rostini aytsam, ishonmagandim. Aslida bu ayajonimning orzulari edi. Bizga mehr berayotgan Prezidentimizga katta rahmat,– deydi “Mehrobod” mahallasida yashovchi Gulmira O‘roqova.
- Qo'shildi: 07.08.2018
- Ko'rishlar: 19
- Chop etish