Videoselektr yig‘ilishida qator masalalar muhokama qilindi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish videoselektr shaklida o‘tkazildi. Uni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev ochib berdi va boshqarib bordi.
Yig‘ilishda tizimda faoliyat yuritayotgan mahalliy, hududiy, markaziy Kengash mas’ul xodimlari, quyi tashkilotlar rahbarlari, yoshlar masalasiga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Dastlab O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2017-yil 2-yarim yillikda amalga oshirgan ishlari muhokamaga qo‘yilib, viloyatlar, tumanlar kesimida tahlil qilindi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mahalliy, hududiy va Markaziy Kengashlari tashkiliy tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2018-yil umumlashtirilgan byudjeti loyihasi hamda shtatlar jadvallariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi muhokama etildi.
“Kamalak” bolalar tashkiloti tizimining 2018-yilga mo‘ljallangan ish rejalari loyihasi taqdim etildi va tasdiqlandi.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va 2018-yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mahalliy va hududiy Kengashlarining 2018-yilga mo‘ljallangan ish rejasining bajarish mexanizmi tahlil qilindi.
Qolaversa, yig‘ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimlarida kadrlar zaxirasi va ular bilan ishlash mexanizmi muhokama qilindi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining korxona, tashkilotlar va ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari a’zolari bilan ishlash tizimi qoniqarli emasligi, bu borada faoliyatni yanada jonlantirishga kelishib olindi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimlarining 2018-yilga mo‘ljallangan ish rejalari loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Takliflar o‘rganildi. Asosiy maqsad — yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasiga qaratilishi belgilab olindi.
O‘tgan qisqa davrdagi faoliyatini samarali tashkil etganligi uchun Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi taqdirlandi.
- Qo'shildi: 04.01.2018
- Ko'rishlar: 20
- Chop etish