Xorazmda ogohlantirishsiz nazorat qiladigan “Axborot-tahlil” guruhi ish boshladi
Yaqinda Xorazm viloyatida “Axborot-tahlil” mobil guruhi o‘z faoliyatini boshlaydi. Viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlaridan tuzilgan mazkur guruh viloyatdagi barcha tumanlarda joylashgan maktablar, kasb-hunar kollejlari va turli muassasalar faoliyatini tekshiradi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar borasida ogohlantirish beradi va ularga har tomonlama ko‘maklashadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mobil guruh a’zolari tashrif buyurayotgan ta’lim muassasasiga qo‘qqisdan, hech qanday xabarsiz boradi, joyida muassasa haqida axborot oladi, uni tahlil qiladi va tegishli choralarni qo‘llaydi.
Ular nafaqat muassasalarni tekshiradi, balki maktab va kollejlardagi o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlar olib boradi. “O‘quvchi” va “Davomad” reydlari tashkil etadi.

Haftaning har payshanba kuni huquqbuzarliklarga qarshi profilaktik tadbirlar olib borilishini nazarda tutgan holda, ushbu mobil guruh joylarda yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish uchun yo‘naltirilgan.
- Qo'shildi: 10.11.2017
- Ko'rishlar: 60
- Chop etish