Yosh kitobxonlar bellashuvi qizg’in jarayonlarga boy bo'ldi

“Yosh kitobxon” tanlovi bugungi kunda ko’pgina iqtidor egalari, chinakam kitobxonlarni kashf etishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 12-14 iyul kunlari mazkur tanlovning saralash bosqichlari o’tkazilgan bo’lib, hozirda esa tuman bosqichlari tashkil etilmoqda.

G’ijduvon tumanida ham tanlov ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi. Saralash bosqichlarida yuqori natijani qayd etgan yoshlar tuman bosqichida ham “O’zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlarida g’oliblikni qo’ldan boy bermaslikka harakat qilishdi.

Hakamlar hay’ati a’zolari eng bilimdon kitobxonni aniqlash maqsadida biletlarda belgilangan asarlardan savollarni kitobxonlar e’tiboriga havola etishdi.

Tanlov yakunida g'olib ishtirokchilarga esdalik sovg’alari hamda viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanma taqdim etildi.