“Yoshlar mehnat guzari” - norinliklar xizmatida
Yurtimiz bo‘ylab faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan “Yoshlar mehnat guzari” Norin tumanida ham xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Ushbu maskanda ayollar go‘zallik saloni, telefonlarni ta’mirlash ustaxonasi, tikuvchilik sexi, kanselyariya mollari, kelinlik liboslari hamda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa turdagi xom-ashyolar savdo do‘konlari, yoshlar sport majmuasi, o‘quv markazi, komputer xizmati va boshqa maishiy xizmat turlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eng asosiysi, mazkur guzarda yosh tadbirkorlar faoliyat olib bormoqdalar. Shuningdek, ushbu maskan faoliyati sabab o‘nlab ishsiz yoshlar bandligi ta’minlandi.

- Qo'shildi: 13.08.2018
- Ko'rishlar: 10
- Chop etish