Rossiyada o'zbekistonlik yoshlar uchun futbol turniri!

Tashkilotchi — O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan va xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining xorijiy davlatlarda amaliy ishlari boshlandi.

Jumladan, kuni-kecha Rossiyada futbol bo‘yicha turnir o‘tkazildi. Turnirda Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston yoshlari munosib ishtirok etdi va taqdirlandi!