Farg‘onada “Yoshlar oromgohi” tashkil etildi

Hammasi yoshlar kutganidek!

Vodiyning so‘lim tabiati barchani o‘ziga chorlaydi.

Chor-atrofi yashillikka burkangan Farg‘ona esa chinakam orom maskani.

Shunday bo‘lsa-da, viloyatning ko‘rkam Chimyon shaharchasida anchadan buyon qarovsiz yotgan “Bolalar oromgohi” mavjud ekan.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

O‘rganishlar natijasida mazkur hudud Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi tasarrufiga o‘tkazilib, 4,3 ga yer maydonida “Yoshlar oromgohi” tashkil etildi.

E’tiborlisi, oromgoh tabiatning to‘rt faslida ham yoshlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. Unda 180 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona, yotoqxona, muolaja va dam olish xonalari bor.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

Oromgohda yil davomida tarbiyasi og‘ir va nosog‘lom oila farzandlarini tarbiyalash va yangi iqtidor egalarini izlab topish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bir mavsumda 400 ga yaqin yoshlar va to‘rtta yosh oila maroqli va mazmunli dam olishlari mumkin.

Bu xushmanzara va fayzli maskan yoshlarni yangi marralar sari ilhomlantiradi!