Xushxabar: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 52-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi!

Dunyoning 22 davlatidan iqtidorli yoshlar qatnashgan 52-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Bu haqda Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi direktori Ortiqboy Eshonqulov Ukrainadan xabar berdi. 

Jumladan, Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi (1 ta kumush, 3 ta bronza), Namangan viloyati (1 ta kumush) hamda Toshkent viloyati (1 ta bronza) vakillari sovrindorlar safidan joy olgan.