Haftalik doirasida Ellikqal’ada 100 nafarga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlandi!
1-may kuni Ellikqal’a qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji hamda 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Ellikqal’a tuman Kengashi, tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Aqchako‘l” va “Chayka” ovul hamda mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi uyushmagan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka doirasida 100 nafarga yaqin yoshlar jalb etildi.
Yoshlar “Obod qishloq”ni obodonlashtirish ishlariga, fermer xo‘jaliklariga, ta’lim va tibbiyot sohasidagi bo‘sh o‘rinlariga joylashtirildi.
— Men Ellikqal’a qishloq xo‘jaligi kasb hunar kollejini bitirganman. Anchadan beri ishsiz yurgan edim, — deydi 22 yoshli Muhabbat Kuzeva. — Bugungi yarmarkada ishtirok etib, “Aqchako‘l olmachi” fermer xo‘jaligiga ishga kirdim. Tashkilotchilarga rahmat. Ular tufayli ishli bo‘ldim.
Bu kabi yarmarkalar respublikaning boshqa tumanlarida ham o‘tkazilmoqda...
- Qo'shildi: 02.05.2018
- Ko'rishlar: 30
- Chop etish

