Yoshlarning bo’sh vaqti — dushmanning ish vaqti... Buxoroda spartakiada!
“Uyushmagan yoshlar bilan ishlash" haftaligi doirasida Yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tomonidan Buxoro Neft va gaz kollejida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida sport musobаqasi o'tkazildi.
Buxoro shahar hokimligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi hamda O'zbekiston Mahalla xayriya jamoat fondi Buxoro shahar bo’limi tomonidan tashkil etilgan mazkur sport musoboqasida shahardagi 50 nafar uyushmagan yosh ishtirok etdi.
Buxoro shahridagi “Navro’z”, “Amir Temur”, “Gulshan”, “To’qimachi”, “Foshun”, “Yoshlik”, “Navbahor”, “Namozgoh”, “Ahmad Donish”, “Behishtiyon” va “Oybek” mahallalari yoshlari sportning yengil etletika turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
— Bilasizmi, men nimadan xursand bo’ldim. Davlatimiz tomonidan biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning chek-chegarasi yo'q. Biz, yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan bir qancha ishlarni amalga oshirishni maqsad qilib olgan Yoshlar ittifoqiga rahmat, — dedi Javohir Azizov.
Musoboqada o’z epchilligini namoyish etgan yoshlar Ittifoqning Buxoro shahar Kengashi tomonidan taqdirlandi.
- Qo'shildi: 02.05.2018
- Ko'rishlar: 25
- Chop etish

