“Markaziy Osiyo va islom sivilizatsiyasi”
2018-yil 14-may kuni Toshkent islom universitetida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, Din ishlari bo’yicha qo’mita, Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O’zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda tadqiqotchi va talabalarning “Markaziy Osiyo va islom sivilizatsiyasi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi.
Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o’rni, mintaqa allomalarining ilmiy-ma’naviy merosini o’rganishga qaratilgan mazkur tadbirdan yosh tadqiqotchilar hamda talabalarning olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targ’ib etish, ularning ilm-fan rivoji yo’lida munosib avlod bo’lishdek ezgu intilishlarini rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash ko’zlangan.
Konferensiya uchun maqolalar 2018-yilning 14-apreligacha qabul qilindi. Maqola bosma ikki nusxada va elektron tarzda taqdim qilinadi.
Anjuman ishtirokchilari g’oliblari har bir yo’nalish bo’yicha alohida rag’batlantiriladi va munosib ishtirok etganlar I, II, III-darajali diplomlar, qimmatbaho sovg’alar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Bizning Xoja Buxoriy islom bilim yurti ustoz va talabalari ham ishtirok etdilar . Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mudir o'rinbosari Muzaffar Qosimov ham qatnashib faxrli 2-o'ringa munosib ko'rildi.
- Qo'shildi: 15.05.2018
- Ko'rishlar: 27
- Chop etish
