O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

15-may kuni Nukus shahridagi “Yoshlar markazi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi, yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi Abatbay Daniyarov, ittifoq xodimlari va faollari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda kun tartibidagi ittifoqning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqidagi masala yuzasidan Kengash raisi Abat Daniyarovning hisobot ma’ruzasi tinglandi.

Abatbay Daniyarov hisobot ma’ruzasida bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 million 100 mingga yaqin yoshlar bo‘lib, Yoshlar ittifoqining o‘quv maskanlaridagi, tashkilot va korxonalardagi 1479 boshlang‘ich tashkilotlari tuzilib, ularga 173 mingdan ortiq yoshlar a’zo bo’lgani, 252 nafar uyushmagan yoshlar ish bilan ta’minlangani, paxta yig‘im-terimi davrida Respublikamiz bo‘ylab 8200 dan ortiq uyushmagan yoshlardan iborat 104 “Fidoiy yoshlar” otryadlar tuzilgani, 13 mingdan ortiq yoshlarning ishtirokida 124 marta suhbatlar o‘tkazilib, 1000 ga yaqin taklif va muammolar o‘rganilib, 672 tasi o‘z yechimini topgani haqida ma’lum berildi. Shuningdek, 27 yosh o‘smir Yoshlar ittifoqi Respublika Kengashi taklifi bilan profilaktik hisobdan chiqarilgani, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan sud zalidan kafolat xatiga asosan ozod qilingan yoki yengillashtiruvchi jazo choralari qo‘llanilgan yoshlar hamda bugungi kunga qadar afv qilingan yoshlar soni 3 nafarni tashkil etishi va ular bilan muntazam shug‘ullanilayotganligi haqida alohida to’xtaldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2018 yil 1-may holatiga jami 58 ta bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazildi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalariga jami 2441 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 8002 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnadi. Yarmarkalar natijalari bo‘yicha jami 1410 nafar fuqarolar ishga joylashgan bo‘lib, shulardan 641 nafari yoshlar, 123 nafari maxsus kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari, 506 nafari ayollar, 1 nafari nogiron, 2 nafari jazodan ozod etilganlar, 45 nafari Kurolli-kuchlardan bushatilganlarni tashkil qiladi. O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan hisobotga ko’ra 18 nafar yoshlarga jami 671 mln 800 ming so’m imtiyozli kredit ajratilib, 69 yangi ish o‘rinlari yaratildi. Yana 13 nafar yosh tadbirkorlar hujjatlari belgilangan tartibda Respublika boshqaruviga taqdim etildi.

55 nafar kam ta’minlangan oila farzandlari uchun velosipedlar, 3 nafar ishsiz qizlarga tikuv mashinasi, 4 nafar yoshga nogironlik aravachasi, 2 nafar yoshga quloq eshitish uskunasi berildi. 7 nafar kam ta’minlangan oilalarning uylari ta’mirlanib, 503 nafar urush va mehnat faxriylari, yolg‘iz boshli nuroniylar, imkoniyati cheklangan bolalarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

Kengash majlisidagi keyingi masala bo‘yicha Yoshlar ittifoqining hisobot Qurultoyida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan qatnashuvchi yoshlar ro‘yxati tasdiqlandi. Majlis yakunida ittifoq faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar va fikrlar bildirildi.