Otam bo‘lib maktabimga bir marta boring...

 

Yoshlar yetakchisi har gal Namanganga borganda bir makon bag‘riga chorlaydi. Bu manzilda uni o‘nlab qorako‘zlar intiq kutishini yaxshi biladi. Bu dargohda inson bor mehrini bolalarga ulashib, zavqlanadi.

Bu bolakaylarning mehribon yurtboshisi tufayli usti but, qorni to‘q, o‘qishi va yashashi uchun barcha sharoitlar muhayyo. Lekin ularning ko‘zi, dili intiq...

Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashgan har qanday inson ularning samimiyatidan, beg‘uborligidan bir olam taassurot oladi. O‘g‘il-qizlarning yorqin kelajagi uchun quvonadi.

O‘z o‘g‘li kabi mehr qo‘ygani Asadbek bilan kechgan bu galgi suhbat davomida fikrlari teran yigitchaning iltimosi Yoshlar yetakchisining qalbini yumshatdi.

"Otam bo‘lib maktabimga bir marta ortimdan boring..."

Yoshlar yetakchisi bir kunini Asadbekka bag‘ishladi.

Bugun Qahramon Quronboyev erta tongdan yigitcha tahsil oladigan maktab tomon otlandi...

Jarayonni birga kuzatamiz!