Davlat maslahatchisi minbarga yoshlarni o'tqazdi...

Ilk marotaba Norinda innovatsion sammit bo‘lib o‘tdi! Uning o'ziga xos jihati nimada?

Tumandagi 40-maktabda o‘quvchilar barcha tashabbusni o‘z qo‘liga oldi.Ular hammasini o‘z qo‘llari bilan bajardilar. Innovatsion loyihalar taqdimotida Yoshlar yetakchisi minbarni o‘quvchilarga berdi.

Ular yangidan-yangi g‘oyalarini to‘lib-toshib taqdim etishdi.Uddaburon o‘quvchilar hattoki, tadbirkorlik faoliyatini ham boshlab yubordilar. Ularning ilk mijozi Qahramon Quronboyev bo‘ldi.

Yoshlar o‘zlari tayyorlagan shirinliklarni ayriboshlash yo‘li orqali xaridorga sotishdi. Lekin bu innovatsion bozorda pul ishlatilmaydi. Ular bir mahsulotni ikkinchi mahsulotga ayirboshlaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, innovatsion sammitda o‘nlab yangiliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi! Yurtboshimizning Noringa tashrifidan so‘ng, yoshlarning yashashi va dunyoqarashi ham o'zgardi!