“Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun” shiori ostidagi Sardorlar anjumani

Joriy yilning 14-may kuni O‘zbek milliy akademik dramma teatrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Olmazor hamda Shayxontohur tumani Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun” shiori ostidagi Sardorlar anjumani bo’lib o’tdi.

Unda Olmazor va Shayxontohur tuman Kengashi, Olmazor tuman Ichki Ishlar boshqarmasi hamda O‘zbek milliy akademik dramma teatrining Xalq artistlari hamda faol yoshlar qatnashdi.

Tadbir Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyati bo‘yicha yil sarhisobi hamda eng faol boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va Sardorlarini taqdirlash maqsadida tashkil etildi.

Anjumanda  Olmazor va Shayxontohur tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi jami 14 nafar Sardorlar “Yilning jonkuyar Sardori”, “Yil “Kamalak” Sardori”, “Yil “Ittifoq” Sardori”, “Yilning bilimdon Sardori”, “Yilning tashabbuskor Sardori”, “Yil Sardori”, “Yilning fidoiy Sardori” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar.

Shu bilan birga, Olmazor va Shayxontohur tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 9 nafar boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga tuman Kengashi tomonidan tashakkurnomalar berildi.