Buxorolik bolajonlar “Kamalak”ning 17 yoshini katta bayram qilishdi!

Buxorodagi “Sitora” bolalar bog‘ida Yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tomonidan “Vatan do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostida “Kamalak” bolalar tashkilotining XVII anjumani o‘tkazildi.

Anjuman avvalida, Yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi raisi Shavkat Rahmonov ishtirokchilarni “Kamalak” bolalar tashkilotining tashkil topganligiga 17 yil to‘lgani bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, Buxoro shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan bayramona dasturlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Ayniqsa, Kamalak a’zolari va sardorlari tomonidan tayyorlanib, osmon-u falak bo‘ylab uchirilgan tinchlik fonuschalari barchada qiziqish uyg‘otdi.

Anjuman davomida fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, Sardorlar Kengashi a’zolari va faol yoshlar ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Shuningdek, anjuman doirasida Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilotining faollari tomonidan “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan targ‘ibot aksiyasiga start berildi.

Anjumanda faol ishtirok etgan yoshlar Yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tomonidan taqdirlandi.

Buxorolik bolajonlar “Kamalak”ning 17 yoshini katta bayram qilishdi!