Urgut va Tayloq tumani harbiylari o'rtasidagi “Eng namunali harbiy oila” ko‘rik-tanlovi

Oila – muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini bеlgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Joylarda o’tkaziladigan qator tadbirlar ham oila mustahkamligiga bag’ishlanadi. Bundan ko’zlangan maqsad esa jamiyatni tashkil etgan oilani davlat nazoratidan chеtda qoldirmaslik va eng asosiysi uning buzilib kеtishiga yo’l qo’ymaslikdir. Oila mustahkam ekan, jamiyat taraqqiy etadi hamda davlat rivojlanadi.

15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tomonidan Urgut va Tayloq tumanlarida  9224 harbiy qism harbiylari o‘rtasida “Eng namunali harbiy oila” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Ushbu tanlov doirasida ishtirokchilar 3 shart bo‘yicha bellashishdi. Shartlar murakkab emas, ammo ishtirokchilarni qiyin va kulguli vaziyatga ham solib qo‘ydi. Ammo shu bilan birga ushbu shartlar sabab ular kelajakda har bir inson oila mustahkamligi uchun nimalarga e’tibor qaratilishi lozimligini bilib olishdi.

- “Eng namunali harbiy oila” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, oila naqadar muqaddas ekanligiga yana bir karra amin bo‘ldim. Shu bilan birga oila mustahkkmligi uchun bir ayola nimalarga e’tibor berishi va nimalarni bilishi lozimligi haqida ham tushunchaga ega bo‘ldim, – deydi Yulduz Yusupova.

Ishtirokchilar va tomoshabinlar ham shu kabi tanlovlar tez-tez takshil etilishini tashkilotchilardan so‘rashgani esa bu tanlovning saviyasi yuqori bo‘lganidan dalolat.