O‘zbekistonda ilk marotaba 5 mingdan ortiq bolalar 800 dan ortiq sardorlar ishtirokida baxtli bolalik paradi!

“Kamalak” bolalar tashkiloti va Sardorlar kengashlari a’zolari tomonidan o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish, sardorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 19-24-may kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlarining anjumani doirasida ilk marotaba O‘zbekiston bolalarining paradi tashkil etiladi.

“Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi O‘zbekiston bolalarining paradi Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shahri Oqsaroy majmuasi Amir Temur xiyobonida o‘tkaziladi.

Bolalar paradida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar delegatsiyalaridan 800 nafar iqtidorli, namunali hulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan O‘zbekistonga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor bo‘lgan “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari hamda Qashqadaryolik 5 mingdan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etadi.

“Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori O‘zbekiston bolalari baxtli bolalik sari yetaklaydi.