Ilk marotaba ta’lim muassasalari uchun ko'rgazmali taqdimot stendlari Nizomi ishlab chiqildi!

Xabaringiz bor, Davlat maslahatchisi rahbarligidagi Ishchi guruh ayni damda Norinda bo‘lib, yoshlarning ta’lim tarbiyasi, bilim olishi, maktablardagi shart-sharoitlarni o‘rganib, mummolarni joyida hal etmoqda.

Ta’lim muassasalariga kirish qismlari, darvozalar, yo‘laklar, maktab zallari, sinf xonalardagi stendlarning holati qoniqarli emasligi, aniq belgilangan me'zon asosida joylashtirilmaganligi sabab, Yoshlar yetakchisi va Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari hamkorligida ushbu masala atroflicha o‘rganildi.

Norindagi 40-maktabda ilk marotaba ta’lim muassasalari uchun ko'rgazmali taqdimot stendlari Nizomi ishlab chiqildi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ushbu loyiha uchun 80 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. Endilikda bu Nizom respublika bo'yicha barcha maktablarda joriy etiladi!