Tatariston vazirining birinchi o‘rinbosari Yoshlar ittifoqining festivalida mehmon bo'ldi
Tatariston vazirining birinchi o‘rinbosari Yoshlar ittifoqining festivalida mehmon bo'ldi! “Yoshlar festivallari” doirasida o‘tkazilgan talovlar Toshkent viloyatining iqtidorli va iste’dodli yoshlarini kashf etdi.
Tatariston Respublikasi Sport va yoshlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.
Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi Yoshlar festivallari doirasida o‘tkazilgan tanlovlarning Toshkent viloyati bosqichi g‘oliblarining hisobot konserti dasturi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Tatariston Respublikasi Sport va yoshlar vazirining birinchi o‘rinbosari Galifulin Rustam Maratovich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.
Dastlab mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi.
— Tanlovda faol ishtirok etgan yoshlar hamda g‘oliblarining hisobot konserti dasturi tatar millatiga mansub yoshlarning badiiy chiqishlari bilan hamdo‘stlik festivaliga aylanib ketdi, — deydi viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Jamoliddin Najimov.
Tadbir yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Doniyor Karimov hamda Tatariston Respublikasi Sport va yoshlar vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Maratovich o‘rtasida samimiy suhbat bo'lib o'tdi.
Ikki davlat vakillari kelgusida hamkorlik qilishga kelishishdi!
- Qo'shildi: 18.05.2018
- Ko'rishlar: 24
- Chop etish






