Maqsuda Madrimova: "Yoshlar ittifoqi kelajagimni kafolatladi! 400 mln. imtiyozli kredit so'ragandim, 2000 kv yer maydoni ham ajratdi"
Maqsuda Madrimova: "Yoshlar ittifoqi kelajagimni kafolatladi! 400 mln. imtiyozli kredit so'ragandim, 2000 kv yer maydoni ham ajratdi"
Bugun Xorazm viloyati Yoshlar markazida 23 nafar yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi to'g'risida tavsiyanomalar berildi. Birinchi bosqichda 4 mlrd 559 million so'mlik kreditlar ajratildi. Natijada 103 ta ishchi o'rni yaratildi.
So'nggi bosqichda imtiyozli kredit oluvchi yosh tadbirkorlar safi kengayadi va ularga jami 26 mlrd/ 739 mllion so'mlik imtiyozli kreditlar ajratish ko'zda tutilgan. Buning natijasida 704 ta ishchi o'rni yaratilishi rejelashtirilgan.
— Men qo'ziqorin yetishtirish bilan shug'ullanaman. Tadbirkorlik faoliyatimni kengaytirish maqsadida Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi Xorazm viloyat bo'linmasiga murojaat qildim. Ular nafaqat menga 400 mln. imtiyozli kredit ajratishdi, balki 2000 kv yer maydoni ajratishda ham ko'maklashishdi. Avvalo, Prezidentimizga va albatta Yoshlar yetakchisiga rahmat. Yoshlar ittifoqi kelajagimni kafolatladi, — deydi yosh tadbirkor Maqsuda Madrimova.
- Qo'shildi: 18.05.2018
- Ko'rishlar: 25
- Chop etish


.jpg)