Yoshlar ittifoqi yana bir yoshga ishondi! Qoraqolpoq yigiti ma'muriy jazodan ozod etildi!
16-may kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi binosida Nukus shahar ma’muriy sudi tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgan yoshlarga nisbatan sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Nukus shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan yosh G‘ayrat Beketayev O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasi (Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘lgan G‘ayrat Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining kafilligi asosida ma’muriy jazodan ozod etilib, ogohlantirish bilan cheklanildi.
Hozirda tegishli korxona, muassasa, tashkilotlar mas’ul xodimlari G‘ayrat bilan yakka tartibda tarbiyaviy va profilaktik ishlarni amalga oshirishmoqda.
- Qo'shildi: 18.05.2018
- Ko'rishlar: 18
- Chop etish


