“Vatan do’stlik va baxtli bolalik uchun”
Sardorlar Kengashi: “O’zbekistonga sadoqat bilan xizmat qilishga bo’linglar tayyor! Doim tayyormiz!”.
Bugun O’zbekiston yoshlar ittifoqi Zarbdor tuman Kengashi va Tuman “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan “Vatan do’stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostida “Kamalak” bolalar tashkilotining XVII anjumani bo’lib o’tdi.
Tumandagi 600 nafar yoshni qamrab olgan mazkur anjuman, yoshlar uchun haqqiqiy unutilmas bayram bo’li desak, hech mubolag’a bo’lmaydi.
Yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo’ldi.
Anjuman yakunida O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Kamalak” bolalar tashkilotining maqsad va vazifalarini barcha targ’ib qilishda jonbozlik ko’rsatgan faol Sardorlar va yoshlar tuman Kengashi tomonidan taqdirlandi.
- Qo'shildi: 18.05.2018
- Ko'rishlar: 21
- Chop etish



