Nukuslik sportchilarga Prezident sovg‘asi — “Damas” avtomashinasi topshirildi

Nukus shahridagi “Manej” sport majmuasida “Umid nihollari — 2018" sport o‘yinlarining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Yerniyazov va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Inoyatov so‘zga chiqib ishtirokchilarni tabrikladi.

Sportning 12 turi bo‘yicha g‘oliblarga diplom, kubok, medal, va sovg‘alar topshirildi.

Mutlaq g‘olib deb topilgan Nukus shahri jamoasiga Prezident sovg‘asi — “Damas” avtomashinasi berildi.

Shundan so‘ng, musobaqa yakuniga bag'ishlangan gala konsert boshlandi.