O‘z kasb faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan talabalar uchun “DreamJob Conference” konferensiyasi
2018-yilning 19-may kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi Yoshlar markazi binosida “DreamJob Conference” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiya o‘z kasb faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
“DreamJob Conference” konferensiyasi Alpha Education, DaVinci Management Consulting, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ko‘magida tashkil etilgan.
Konferensiyada kasb faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishish va eng yaxshi ish beruvchilar nigohiga tushish sirlari haqidagi bir nechta ma’ruza o‘qildi. Shuningdek, mazkur mavzuda mahorat darslari ham o‘tkazildi.
Konferensiyada Korzinka.uz, Golden House, OLX, Ucell, Beeline, NESTLE, Lukoil, KPMG, GMPT va Oriyent Finance Bank kabi bir qator nufuzli kompaniyalar ishtirok etdi.
Konferensiya dasturida yuqori natijaga erishgan kompaniyalar mutaxassislari tomonidan taqdimot hamda mahorat darslari, “Murad Buildings” kompaniyasining rahbari Murod Nazarovning ma’ruzasi, “O‘zbekiston mehnat bozori: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida munozara, mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi.
Ishtirokchilarga muvaffaqiyatga erishish sirlari, O‘zbekistonda ilg’or sohalardagi yetakchi mutaxassislarning tadbirkorlikni rejalashtirish hamda yuksak natijaga erishish to‘g‘risidagi bilim va tajribalari bilan yaqindan tanishtirilib, qimmatli maslahatlar berildi.
- Qo'shildi: 21.05.2018
- Ko'rishlar: 21
- Chop etish