Nukusda ikki nafar yosh yigit Yoshlar ittifoqi kafilligida sud zalidan ozod qilindi!
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi va 277-moddasi 2-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilgan yosh fuqarolar Tenelbayev Timur va Utegenov Xaytbay O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan kafillikka olindi.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 18-may kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Sudning hukmiga ko‘ra, yoshlar kafilligiga olingan yosh fuqaro Tenelbayev Timur Oserbayevich va Utegenov Xaytbay Dauletbayevichlar sud zalidan ozod qilindi.
- Ikki nafar yoshning ota-onasi farzandlarini kafillikka olish bo‘yicha murojaat qilishdi, - deydi Ittifoq yuristi K.Palvaniyazov. - Ularning murojaatlari o‘rganib chiqildi. Holat tahlil qilindi. Yigitlarning qilmishidan chin dildan pushaymonligi inobatga olinib, ularga imkon berildi!
Har ikkala yosh ham Nukus shahridagi Yoshlar markazi binosidan ozodlikka chiqarildi.
- Qo'shildi: 21.05.2018
- Ko'rishlar: 24
- Chop etish


