Ko‘chma kitob yarmarkalari aholiga qulaylik yaratmoqda
Chirchiq shahridagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara Qo‘shinlariga qarashli 9781-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilarning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston yoshlar Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Ko‘chma kitob yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada 200 nafardan ortiq harbiylar ishtirok etishdi. Badiiy, tarixiy, va turli xil janrdagi 500 ga yaqin kitoblar xarid qilindi. Harbiylarning nafaqat o‘zlari balki, oila a’zolari ham kitob yarmarkalarida ishtirok etishmoqda.
Kitob barchaga ma’naviy zavq ulashadi, dunyoqarashini oshiradi. Mana shu maqsadda ko‘plab harbiy qismlar bilan hamkorlikda kitob yarmarkalarini tashkil etishda davom etmoqdamiz, – deydi Baxtiyor Norqobilov viloyat Kengashi Harbiy qismlar bilan ishlash bo‘limi mudiri.
Ko‘chma kitob yarmarkalari aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etildi.
- Qo'shildi: 21.05.2018
- Ko'rishlar: 27
- Chop etish


