Huquqshunos va hisobchi mutaxassisligiga ega 87 nafar norinlik yoshlar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Namangan viloyati Norin tumanida 17-maydan 22-maygacha 87 nafar huquqshunos va hisobchi mutaxassisligiga ega ammo ayni paytda ishsiz bo‘lgan kadrlarni malakasini oshirish va Norin tumanida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklariga ishga joylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan tashkil etilgan 18 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi boyicha o‘quv seminari bo‘lib o`tdi.

O‘quv seminarda tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘grisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ularning mazmun-mohiyati, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish asoslari, O‘zbekiston Respublikasida agrar sohadagi normativ hujjatlar va undagi fermer xo‘jaliklariga beriladigan imtiyozlar, fermer xo‘jaliklari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati, fermerlar faoliyatini tashkil qilishda samarali muzokaralarning o‘rni va boshqa mavzulardagi o‘quv mashg‘ulotlarini Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti xodimlari, O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi Namangan viloyat hududiy bo‘limi vakillari, yosh huquqshunoslar Kengashining mas’ul xodimlari hamda Namangan viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari olib bordilar. Oquv seminarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga malaka oshirganliklari to‘grisidagi sertifikatlar topshirildi.