Farg'onalik 41 nafar yosh tadbirkorga 7 milliard 17 million so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi!
Begali Muhammadaminov, yosh tadbirkor: "Oldinda bizni faravon hayot kutib turibdi"
Xabaringiz bor, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda tijorat banklari o'rtasida joriy yilning 4-may kuni "Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun O'zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi asosida yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish tartibi to'g'risida"gi qarori imzolandi.
Unga muvofiq, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyat Markaziy banki bosh boshqarmasi, TIF Milliy banki, ATB "Xalq banki", ATB " Mikrokreditbank", ATB "Agrobank", " Ipoteka-bank" ATIB O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Kengashi bilan hamkorlikda yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun tavsiyanomalar berdi.
Viloyat Kengashi binosida yig'ilgan yoshlar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, viloyat Kengashi vakillari hamda tijorat banklari tomonidan tuzilgan komissiya a'zolari suhbatidan o'tdi. Munosib yoshlarga kreditlar ajratish uchun tavsiyanomalar berildi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyat Kengashi tavsiyasi bilan 41 nafar yosh tadbirkorlarga 7 milliard 17 million so'm miqdorda pul mablag'i ajratildi!
— Bugun men uchun juda quvonchli kun bo'ldi. Birinchilardan bo'lib tavsiyanomani qo'limga oldim. Oldinda bizni mas'uliyatli, shu bilan birga yanada farovon hayot kutib turganini ich-ichdan his qildim. Trikotaj tikuv sexi ochish uchun yetarli mablag'im bor endi. Ko'plab tengdoshlarimning bandligini ta'minlashim mumkin. Bizga cheksiz ishonch bildirib, katta imkoniyat berayotgan Muhtaram Prezidentimiz, O'zbekiston yoshlar ittifoqi va tijorat banklari vakillariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, — dedi yosh tadbirkor Begali Muhammadaminov.
Imtiyozli kredit berish jarayonlari davom etadi!
- Qo'shildi: 22.05.2018
- Ko'rishlar: 32
- Chop etish
