Sardorlar endilikda vaqtni his qiladi, taqsimlay oladi va kunlik reja tuza oladi!
Seminarlarda “Teambuilding”, “Devid eyzenxauer” metodlari qo'llanilmoqda!
Oromgohda quyoshning zarrin nurlari ostida tong orttirgan anjuman ishtirokchilari kunni badantarbiya bilan boshlashdi.
Shundan so’ng, qiziqarli loyihalarga start berildi.
Kun dasturidan “Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovining Respublika bosqichi, “Munozara” o’yinlari, trening mashg’ulotlari, mahorat darslari, “Agar san’atni sevsang...” mavzusida shoir-yozuvchilar va san’atkorlar bilan uchrashuv, “O’zbekkino” milliy agentligi tomonidan tasvirga olingan film namoyishlari o’rin olgan.
Sardorlar loyihalarda ishtirokni “Xayrli tong, Anjuman!” mavzusida kun taqdimotlarini namoyish qilishdan boshlashdi.
Kun taqdimotlarida hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar musiqiy chiqishlar, sahna ko’rinishlari, sho’x kuy-qo’shiqlarni ijro etish orqali yig’ilganlarga bayramona kayfiyat bag’ishlashdi.
Endigi navbat — trening mashg’ulotlariga.
“Loyiha va tadbir nima? Loyiha va tadbirlarni tashkil etish va boshqarish”, “PR management”, “Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish” “Notiqlik san’ati” kabi mavzularda trening mashg’ulotlari o’tkazildi.
Asosiy e’tibor esa, Sardorlarning o’tgan kunlar ichida anjumandan olgan taassurotlari, bilim va malakalarining oshganligi, qanday taklif va loyihalarni muhokama qilinganligiga, ya’ni natijadorlikka qaratildi.
— Mana bir necha kun davomida Sardorlar bilan birgalikda trening mashg’ulotlarini olib bordik, — deydi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti xodimi Marhabo Safarova. — Anjuman ishtirokchilarining bir oila bo’lib shakllanishi va jamoa bo’lib ishlash tizimini, o’zgalarni tinglash, o’zaro hurmat va fikrni aniq, dadil bayon etishni ta’minlash, ularning nutqini rivojlantirishda “Teambuilding” mashg’ulotlaridan foydalandik. Shu bilan bir qatorda, Sardorlarning zimmasidagi ma’suliyat yuki og’irligini hisobga olgan holda ularni vaqtni va hayotni boshqarishga o’rgatdik. Ya’ni, bu borada va’zifalarni to’g’ri taqsimlash, kunlik reja tuzishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi. “Devid eyzenxauer” jadvali bilan ishladik. Bu ham ishtirokchilarning vaqtni his eta bilishi, har bir soniyani maqsadli sarflashlariga zamin yaratdi. O’tkazilgan darslar o’ylaymizki, kelgusida o’zining ijobiy natijasini beradi.
Trening mashg’ulotlarida darslar bilan birgalikda yangi taklif va tashabbuslar ham atroflicha muhokama qilindi. Takliflarning bari bolalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik hissini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Trening mashg’ulotlari davom etmoqda.
- Qo'shildi: 23.05.2018
- Ko'rishlar: 24
- Chop etish

