Qoraqalpog‘istonda Yoshlar ittifoqi ikki nafar imkoniyati cheklangan bolalarga yordam ko‘rsatdi
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqa doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan ikki nafar imkoniyati cheklanganlarga nogironlik aravachasi topshirildi.
-11 yoshli Tursingul Dusenova Nukus shahridagi 25-sonli maktabda uy sharoitida tahsil olmoqda, - deydi ittifoq raisining o‘rinbosari B.Aralbayeva. Bolalalrning quvonchiga sherik bo‘layotganimizdan, ularning orzularini ozgina bo‘lsada ushaltirayotganimizdan xursandmiz va bunday amaliy ishlarni yana davom ettiramiz.
Tadbir yakunida bolajonlar uchun konsert dasturi qo‘yib berildi.
- Qo'shildi: 24.05.2018
- Ko'rishlar: 24
- Chop etish


