Samarqanddagi “Ustoz va shogird nazdida ijod qirralari” shiori ostidagi fotoko'rgazma

Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashining “Yoshlarni madaniy, diniy-ma’rifiy va kitobxonlik madaniyatini oshirish” maqsadida A.S.Pushkin nomidagi axborot resurs markazi binosida “Umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalaridagi o‘quvchi yoshlar o‘rtasida yoshlar ittifoqiga oid fotoko‘rgazma va rasmlar tanlovi” tashkil etildi.


Tadbir doirasida “Ustoz va shogird nazdida ijod qirralari” deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etilib, bunda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol a’zosi Qo‘shayev Murodjonning marhum ustozi Axmedjanova Maxtobga bag‘ishlangan ko‘rgazma ishtirokchilarga havola qilindi.  

Ustoz va shogird an’analarini saqlash hamda yosh iste’dod ijod namunalarini kashf etish maqsadida “Yoshlar ittifoqi mening tasvirimda” shiori ostida umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalaridagi o‘quvchi yoshlar tomonidan yaratilgan foto va rasmlar tanlovi ham bayramona tarzda o’tkazildi.

Mazkur ko‘rgazmada 200 dan ortiq ishtirokchi va tomoshabinlar qatnashdi. Tanlov so‘ngida eng munosib va faol ishtirokchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand shahar Kengashi tomonidan taqdirlandi.