O‘zbekistonda 7-14 yoshdagi bolalar 4 mlndan ortiq, 301 ming nafari oromgohlarga jalb qilindi...
Qolgan bolalar-chi? Ular yozni qanday o‘tkazadi?
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida 14 ta hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashitirish mavsumini “Yozni “Kamalak” bilan!” loyihasi doirasida yuqori saviyada tashkil etish maqsadida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalq ta’limi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sport, Oliy va o‘rta maxsus, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, OAV vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan selektorda ichshi guruh a’zolari yig‘ildi.

— Oldimizda har bir bolaning qalbiga yoz shukuhini olib kirish va ta’tilini maroqli o‘tkazish maqsadi turibdi. Respublikamizda 7-14 yoshdagi bolalarning 8% shahardan tashqari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari qoshidagi kunduzgi oromgohlarga jalb etildi. Qolgan 92% bolalarchi... — dedi Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari M.Zufarov. — Qolgan bolalar ta’til davrlarini mahallalarda o‘tkazishadi. “Yozni “Kamalak” bilan” respublikadagi 8986 ta mahallada yuqori saviyada o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Biz qolgan barcha bolalarni qamrab olishimiz shart. Bu masalada esa har bir hamkor tashkilotning ko‘magi zarur.
Selektorga barcha tashkilotlar oldiga muhim vazifalar qo‘yildi.
- Qo'shildi: 02.06.2018
- Ko'rishlar: 23
- Chop etish