Ellikqal’a tumani hokimi 3 nafar “Kamalak” sardoriga velosiped topshirdi
23-may kuni Ellikqal’a tumanidagi 18-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida XVII an’anaviy “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun” shiori ostidagi anjuman bo‘lib o‘tdi.
“Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, ularning tashabbuskorligini yuzaga chiqarish va sardorlarning yil davomida qilgan ishlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Tadbirda tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
– Yoshlarning iste’dod va salohiyatini rivojlantirish Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir, – deydi tuman hokimi S.Avezov. – Bunday tadbirlar yosh iste’dodlarni izlab topish, ularning qobiliyatini ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.
Anjuman yakunida 18 nafar faol va tashabbuskor sardorlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha diplom va statuetkalar topshirilib, 3 nafar tuman sardoriga velosiped taqdim etildi.
- Qo'shildi: 24.05.2018
- Ko'rishlar: 21
- Chop etish

