Ilk marotaba Namanganda Yoshlar olimpiadasi o‘tkazildi!

 

Xabaringiz bor, Yoshlar yetakchisi Norin tumanida Ishchi guruhi bilan bir nechta tashabbuslarni amalga oshirgani haqida ma'lumot bergandik.

Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Yoshlar olimpidasi ham Norin tumanida tashkil etildi. Yoshlarning istaklariga ko‘ra, hududlarda musobaqaning tuman bosqichlari bo'lib o'tdi.

Kuni-kecha esa sportning 5 ta turi bo'yicha o'tkazilgan Yoshlar olimpiadasining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur olimpiadada 70 ming nafar mahallalardagi uyushmagan yoshlar hamda korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirok etdi.

Uyushmagan yoshlar mazkur musobaqalarga shunchalik qiziqish bildirishdiki, ularning talablariga ko‘ra, dasturdan tashqari armrestling bo‘yicha ham bellashuvlar tashkil etildi.

Qizg‘in bahslar va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan Yoshlar olimpiadasi g‘oliblari Yoshlar ittifoqi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.