Buxoroda yosh tadbirkorlar va hunarmandlar ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi!

Kechagina Buxoro “Yoshlar markazi” binosida Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi, viloyat savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Yoshlar kelajak – bunyodkori!” shiori ostida yosh tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Unda 20 dan ortiq yosh tadbirkor va hunarmand ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan qator korxonalar vakillari, yakka tartibdagi yosh tadbirkorlar, yosh hunarmandlar o'z mahsulotlarini va ijod namunalarini yig‘ilganlarga namoyish etishdi.

Na’munali tadbirkorlar Vazira Atoyeva, Aziza Egamova, Zahro Baqoyeva, Noir To‘rayev, Hamidjod Fayzullayevlar yaratgan ijod namunalari barchaning diqqat-e’tiboriga sazovor bo‘ldi.

Ko‘rgazma yakunida, o‘z ish namunasi bilan barcha o‘rnak bo‘lgan yosh tadbirkor va hunarmandlar tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.