Rais o'rinbosari Xivadagi maxsus maktabga bordi! Umidjon Qutlimuratov: ""Yosh kitobxon" tanloviga ishtirok etadigan munosiblar ko'p maktabimda"
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o'rinbosari Dilnoza Kattaxonova Xiva shahridagi 121-sonli ko'zi ojiz bolalar maktabida bo'ldi.
Bolajonlar bilan suhbatlashish davomida ushbu maktab o'quvchisi Umidjon Qutlimuratovning tengdoshlari orasida yanada ko'plab iqtidorlar borligi ma'lum bo'ldi.
— Ushbu maktabda "Yosh kitobxon" tanlovida ishtirok etishga mendan ham ko'proq munosiblar bor. O'ylaymanki, bu yilgi tanlovda bizning maktab o'quvchilari ham marra sari intilishadi, — dedi Umidjon Qutlimuratov.
Shuningdek, D.Kattaxonova Xiva tuman Kengashi va to'garaklar faoliyati bilan ham tanishdi. O'rganish davomida ingliz va rus tillari to'garak rahbarlari tomonidan o'quvchilarga o'quv qo'llanmalar vaqtida berilmagani aniqlandi.
— Maqsad faoliyatni tanqid qilish emas, — dedi Markaziy Kengash raisi o'rinbosari. — Bu dargohga kelgan har bir o'g'il-qiz xorijiy tillarni o'rganish borasida birorta kamchilikka duch kelmasligi kerak. Buning uchun esa sizlarga biz ko'mak beramiz. O'quvchilaringiz uchun nima kerakligini siz yaxshi bilmasangiz, biz ularni sizlarga yetkazishga qiynalamiz!
Viloyat Kengashi raisi ushbu to'garaklarga o'quv qo'llanmalar yetkazib berish masalasi 3 kun ichida hal qilinishini bildirdi.
O'rganish davom etadi…
- Qo'shildi: 26.05.2018
- Ko'rishlar: 23
- Chop etish

