Qashqadaryo: “Yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish haftaligi” qizg'in davom etmoqda!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ularning ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida “Yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish haftaligi” tashkil etilmoqda.
Haftalik doirasida “Nuroniylar e’zozimizda”, “Eng ta’sirli sahna ko‘rinishi”, “Deputat va yoshlar”, “Men sevib o‘qigan kitob”, “Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!”, “Eng buyuk jasorat — ma’naviy jasorat”, “Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi...” kabi 20 dan ortiq loyihalar bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, sport musobaqalari, ko'chma kutubxonalar — Bibliobuslar faoliyati yo‘lga qo'yilmoqda.
Kitob savdolari, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida har bir hududda “Yoshlar kutubxonasi” ham tashkil etilmoqda.
Haftalik davomida bir-biridan qiziqarli loyihalar yoshlarni yanada katta maqsadlar yo‘lida birlashtirishiga ishonamiz!
- Qo'shildi: 26.05.2018
- Ko'rishlar: 22
- Chop etish

