Sirdaryoda ham kitobxonlik bayrami!
"Kutubxona ma’naviyat qasri, kitoblar esa undagi javohirlar sandig’idir" Sirdaryodagi kitobxonlik bayrami shu shior ostida o'tkazildi.
Guliston shahar markazida bo’lib o’tgan bayram doirasida “Yoshlar mushoirasi”, “Eng faol kitobxon”, “Biz ham yosh kitobxon bo’lamiz” mavzusida bellashuvlar tashkil qilindi.
Ayniqsa, yosh ijodkorlarning she’riy mashqlari, qalamkashlarning ilk to’plamlari taqdimoti barchaga manzur bo’ldi.
— Kitob o`qigan, uning mazmunini tushunib yetgan inson dunyodagi eng baxtli inson sanaladi. Biz ko'p kitob o'qisak, faqatgina yutamiz, — deydi ishtirokchi Zarina Shamsiyeva. —O'qigan kitobimiz birovning ma'naviyatini yuksaltirmaydi.
Tadbirda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov ham ishtirok etdi.
— Kitob o`qiganlar, endi "Spark" minadi. Bu - bilimingiz, ma'naviyatingiz uchun beriladigan imtiyozning boshlanishi, — dedi Yoshlar yetakchisi. — Kitob har qanday kuningizda eng yaqin do'stingiz bo'ladi!
Bayram doirasida yoshlarga bepul badiiy va ilmiy kitoblar ham tarqatildi!
- Qo'shildi: 26.05.2018
- Ko'rishlar: 22
- Chop etish


