O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari Piterda taqdimot qildi!

O'zbekiston yoshlar ittifoqining xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan hamkorligi davom etadi.

​

Kuni-kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Suxrobjon Maqsudov 18-Peterburg Xalqaro iqtisodiyot Forumida O'zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi.

​

Forum doirasida Yoshlar yetakchisi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar haqida taqdimot qildi.

Ushbu ma'ruza Forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.

​

Taqdimotdan so'ng, bir nechta tadbirkorlar O‘zbekistonga investitsiya kiritishini ma’lum qildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Mazkur taqdimot Forum ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

​