Navoiy shahridagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida “Kitob mening hayotim” shiori ostida kitob sayli o‘tkazildi.

Navoiy viloyatida yoshlarni madaniy, diniy-ma’rifiy va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish haftaligi” doirasida tadbirlar tashkil etildi. Jumladan,Navoiy shahridagi “Yangiobod”mahalla fuqarolar yig‘inida “Kitob mening hayotim” shiori ostida kitob sayli o‘tkazildi. Tadbir doirasida 1000 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi. Zarafshon shahridagi 7532-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir doirasida 200 nafar harbiy xizmatchilar qamrab olindi. Shuningdek, shahardagi aholi gavjum joylarida “Eng yosh kitobxon” tanlov targ‘iboti tashkil etildi.

Karmana tumanida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Beshkent” va “Amir Temur” MFYlarida ko‘chma kitob do‘konlarini tashkil etish. Navbahor tumanida“Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” festivalini o‘tkazish. Festival doirasida uyushmagan yoshlar (qiz va o‘g‘il) o‘rtasida sportning futbol, voleybol, shashka-shaxmat, stol tennisi turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Festival davomida faol ishtirok etgan yoshlar tuman Kengashining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Festivalda 800 ga yaqin o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

Qiziltepa tumanida ta’lim muassalari o‘quvchi-yoshlari ishtirokida tuman tarixiy o‘lkashunoslik muzeyiga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida 300 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi. Konimex tumanida 5-sonli umumta’lim maktabida “Adiblar ilmi” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirlar doirasida 100 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi. Uchquduq tumanida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual uyini tashkil etildi. Ushbu o‘yinda tumandagi 50 dan ortiq mahallalardagi uyushmagan yoshlar jalb etildi.