O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi bo‘lim mudiri Bishkekda taqdimot o‘tkazdi

2018 yilning 22-23 may kunlar Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi 1-sonli Hukumat qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining 2250 Rezolyutsiyasi bo‘yicha yoshlarning mintaqada tinch-totuvlik barpo etishdagi roli borasida Markaziy Osiyo mamlakatlari delegatsiyalari ishtirokida Forum tashkil qilindi.

​

Forum doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tayyorlagan taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbekistondayoshlarning roli mavzusida taqdimotni O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi bo‘lim mudiri A. Abdujabborov olib bordi.

​

A. Abdujabborov o‘z taqdimoti davomida O‘zbekistonda yoshlarga berilayotgan ahamiyatni 3 yo‘nalishga: yoshlarga oid qonunchilik; yoshlarning ijtimoiy himoyasi va yoshlar orasida tolerantlik va tinch-totuvlik g‘oyalarini targ‘ib qilish yo‘nalishlariga shartli ravishda bo‘lgan holda kompleks chora-tadbirlar xaqida ma’ruza qildi. Yoshlar ittifoqi tomonidan olib borilayotgan ishlarning har biri aniq faktlar va raqamlarga asoslanib yoritib o‘tildi.

​

Taqdimot yakunidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasining taqdimoti munozaralarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish, shuningdek uyma-uy yurib odamlar dardini tinglash va muammolarini joyida hal qilish tajribasini o‘rganish masalasi borasida Qirg‘iziston vakillari tomonidan takliflar kelib tushdi.

​

Shuningdek Qozog‘iston delagatlari tomonidan shu kabi tajriba va fikr almashishlarni tashkil qilish va hamkorlik masalalari bo‘yicha yagona tizim – Markaziy Osiyo yoshlari ittifoqini tashkil qilish taklifini ilgari surdilar. Shuningdek mazkur tizimni yaratishda O‘zbekiston tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

​