“Yosh reportyorlar” uchun mahorat darslari boshlandi!
28-may kuni “Yosh reportyorlar” guruhi faoliyatini takomillashtirish uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida mahorat darslari boshlandi. Erta tongdan Yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlari raislarining matbuot kotiblari va hududlardan kelgan 140 nafar yosh reportyor O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosi qarshisida to‘planib, oromgoh tomon yo‘l olishdi.
Ayni damda ular oromgohda mahoratli bloger, Yoshlar media markazi qoshidagi “Yosh jurnalistlar maktabi” o‘qituvchisi Sanjar Saidning “Feedback. Xolis va haqqoniy fikr bildirishda keskinlik nuqtasi” mavzusidagi seminar mashg‘ulotini miriqib tinglashmoqda. Media-trening ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, media darslar 28-30-may kunlari bo'lib o'tadi. Yoshlar jurnalistikaning turli yo'nalishlarida mahoratli ustozlardan saboq olishadi!
- Qo'shildi: 29.05.2018
- Ko'rishlar: 22
- Chop etish

