Munozaralarda Siz ham faol ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinab ko‘ring!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o‘rtasida 2018-yil 28-mayda imzolangan “Munozara” to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorga asosan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlari qoshida tashkil etilgan “Munozara” to‘garaklari o‘quvchi-talabalarning fikrlashi, dunyoqarashi, ijtimoiy faolliklarini oshirish, yoshlarning bugungi kunda mamlakatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar va islohotlar to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga qaratilgan.
Mamlakatimizda o‘sib, voyaga yetayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobilyatlarini rivojlantirish hamda o‘quvchi-talabalarda vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularga o‘rtaga qo‘yilgan muammoga atroflicha yondasha olish va uning yechimi yuzasidan aniq taklif hamda g‘oyalar berish, o‘z fikrlarini asoslash va aniq bayon qilish, malakalarini shakllantirishda ko‘mak berish hamda to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Munozara” to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Munozaralarda Siz ham faol ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinab ko‘ring!
- Qo'shildi: 30.05.2018
- Ko'rishlar: 21
- Chop etish

