O`zbekiston Delegatsiyasi Nyu-York da bo`lib o`tadigan Yoshlar muloqotida qatnashadi!
O`zbekiston Delegatsiyasi baland miqyosda “Ta`lim, bandlik va radikalizatsiyani oldini olish va ekstrimistik zo`ravonlikga yetaklash” mavzusi ostida bo`lib o`tadigan Nyu-York (AQSh) dagi Yoshlar muloqotida ishtirok etadi. O`zbekiston Delegatsiyasi tarkibiga Moxistara Muhmadyunusova va Azim Xolmaxtamovlar kiritildi. Hozirda, O`zbekiston vakillari Nyu-Yorkda!
Muloqot BMT Bosh Assambleyasining Prezidenti - Miroslava Laychak tashabbusi bilan o`tkazilmoqda. Tadbirni Birlashgan Millatlar Tashkilotining ishtirokni oshirish va yoshlarning ishtirokini kuchaytirish borasidagi sa`y harakatlarining bir qismi sifatida ko`rish mumkin.
Yoshlar muloqotining asosiy maqsadlari yoshlar, hukumat amaldorlari, qaror qabul qilishga mas`ul shaxslar, fuqarolik jamiyati vakillari va boshqalar orasida platform yaratib berish, shuningdek fikr almashish, ehtiyojlar va muammolar, yoshlar qarshisida turuvchilar, ta`lim va tarbiya mavzulari, yoshlarni ish bilan ta`minlash hamda radikalizm va ekstrimistik zo`ravonlikni oldini olish kabi muammolarga qaratilgan.
- Qo'shildi: 31.05.2018
- Ko'rishlar: 13
- Chop etish

