Yuzdan ortiq imkoniyati cheklangan bolalarga bayram sovg‘alari taqdim etildi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Respublika Kar-soqovlar madaniyat saroyida imkoniyati cheklangan bolalar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram dasturi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi tomonidan tashkillashtirildi. Unda yuzdan ortiq imkoniyati cheklangan bolalar ishtirok etishdi. Konsert dasturida yangragan kuy-qo‘shiqlar ularga zavq bag‘ishladi.
“TGL International” kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali, “La Vita” korxonasi, “Result” o‘quv markazi, “Still Young” do‘koni rahbarlari tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar bolalarni quvontirdi.
Bundan tashqari, “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi sport o‘yinlarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi rahbari Ra’no Shodiyeva va direktor o‘rinbosari Nurulla Usmonovlar qatnashishdi. Ular musobaqa g‘oliblariga o‘zlarining ezgu niyatlarini bildirishdi hamda sovrinlarni taqdim etishdi.
- Qo'shildi: 02.06.2018
- Ko'rishlar: 16
- Chop etish


